0
Yil bepul
servis
0
Servis markazlari
0
Malakali mutaxasislar

“ELITE ELEKTRONICS” – MDH mamlakatlaridagi maishiy texnika ishlab chiqarish bo’yicha yetakchi kompaniyalardan biri.

“Sam-nur-tafviz” 2004 – yilda tashkil topilgan bo’lib, dastlab o’z faoliyatini gilam to’qish bilan boshlagan. 2007 – 2008 – yillarga kelib, O’zbekistonda birinchi marta “ODUL” brendi ostida elektr duxovkasi ishlab chiqarish boshlangan. Kuniga 10 15 tagacha tayyor mahsulot ishlab chiqarilgan. Mutaxasislarimiz maishiy texnikaga bo’lgan bozor talabini o’rgangandan so’ng maishiy texnika sohasini rivojlantirish maqsadida dastgoh uskunalar sotib olinib, gaz plitalar, alyumin choynaklar, mantiqasqonlar, emallangan ro’zg’or idishlari ishlab chiqarildi. 2010 – yildan korxona to’liq maishiy texnika ishlab chiqarishga o’tib, o’z mahsulotlari turini ko’paytirdi. 2017 – yil 12 – yanvarda “Urgut erkin iqtisodiy zonasi” tashkil etildi. “ELITE Elektro Group” Mchj yarim-avtomat kir yuvish mashinasi ishlab chiqaradigan korxonamiz faoliyatini boshladi. Bundan tashqari hozirgi kunda Samarqand shahridagi sobiq “Sino” sovutgich ishlab chiqarish zavodi negizida “ELITE” brendi ostida 4 turdagi sovutgichlar ishlab chiqarish joriy etildi. Bizning mahsulotlar nafaqat O’zbekistonda balki Tojikiston, Qirg’iziston, Ukraina mamlakatlarida ham o’z mavqeyiga ega. Yaqin istiqbolda bizning mahsulotlarimizdan Afg’oniston, Qozog’istonning janubiy qismidagi aholisi ham bahramand bo’ladi. Joriy yilda biz o’z mahsulotlarimizning turini kengaytirib 2 milliondan ortiq oilalarni qulaylik yaratuvchi maishiy texnika bilan ta’minlamoqchimiz.