Samarqandda 30 milion dollarlik yangi zavod ishga tushdi:

Samarqandda bankrot bo‘lgan sobiq “Sino” zavodi o‘rnida 30 million dollarlik loyiha asosida “ELITE electronics” zavodi ochildi. Hozircha “ELITE electronics” zavodida uch turdagi muzlatkich va vetirinalar ishlab chiqarilmoqda. Kelgusida 15 turdan ortiq maishiy texnikalar ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Zavodda bugungi kunda yuz kishi ishlayotgan bo‘lsa, kelgusi ikki yil ichida ishchilar soni ming nafarga yetkaziladi. Zavod to‘la quvvatda ishlay boshlagach, yiliga 5-7 million AQSH dollar eksport qilish imkoniyati yaratiladi.